وَعَنْ عَائِشَةَ وَرَافِعِ بْنِ خَدِيجٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْحمى من فيج جَهَنَّم فَأَبْرِدُوهَا بِالْمَاءِ»
Rofiʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi. U zot: «Isitma (bezgak) doʻzaxning qaynashidandir, shuning uchun uni suv bilan sovutinglar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Asmo bint Abu Bakr, Ibn Umar, Zubayrning xotini, Oisha va Ibn Abbosdan ham (rivoyatlar) bor.