وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الرُّقَى فَجَاءَ آلُ عَمْرِو بْنِ حَزْمٍ فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ كَانَتْ عِنْدَنَا رُقْيَةٌ نَرْقِي بِهَا مِنَ الْعَقْرَبِ وَأَنْتَ نَهَيْتَ عَنِ الرُّقَى فَعَرَضُوهَا عَلَيْهِ فَقَالَ: «مَا أَرَى بِهَا بَأْسًا مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمْ أَنْ يَنْفَعَ أَخَاهُ فَلْيَنْفَعْهُ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ruqyalardan (afsun-duolardan) qaytardilar. Shunda Amr ibn Hazmning oilasi Rasululloh ﷺ huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh! Bizda chayon (chaqishi)dan davolaydigan bir ruqya bor edi, Siz esa ruqyalardan qaytardingiz», dedilar. Soʻng ular uni u zotga koʻrsatdilar. Shunda (u zot): «Men bunda zarar koʻrmayapman. Sizlardan kim birodariga foyda yetkaza olsa, foyda yetkazsin», dedilar.