وَعَن عوفِ بن مَالك الْأَشْجَعِيّ قَالَ: كُنَّا نَرْقِي فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ تَرَى فِي ذَلِكَ؟ فَقَالَ: «اعْرِضُوا عَلَيَّ رُقَاكُمْ لَا بَأْسَ بِالرُّقَى مَا لم يكن فِيهِ شرك» . رَوَاهُ مُسلم
Avf ibn Molik al-Ashjaʼiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz johiliyat davrida ruqya (afsun) qilar edik. Shunda: «Yo Rasululloh! Bu haqda nima deysiz?» dedik. (U zot): «Ruqyalaringizni menga koʻrsatinglar. Toki ichida shirk boʻlmasa, ruqyada zarar yoʻq», dedilar.