وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «لَا عَدْوَى وَلَا صَفَرَ وَلَا غُولَ» . رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: men Nabiy ﷺ ning: «Kasal yuqishi yoʻq, safar yoʻq, gʻul yoʻq», deganlarini eshitdim. (Roviy) dedi: Men Abuz-Zubayrning shuni zikr qilganini ham eshitdimki, Jobir ularga oʻzining «safar yoʻq» degan soʻzini tafsir qilib bergan. Abuz-Zubayr dedi: safar — bu qorin (dardi). Jobirdan: «Bu qanaqa boʻladi?» deb soʻralganda, u: «Qorindagi qurtlar deyilardi», dedi. (Roviy) dedi: u gʻulni tafsir qilmadi. Abuz-Zubayr dedi: bu gʻul (yoʻlovchilarni) adashtiradigan (jin)dir.