وَعَنْ عَمْرِو بْنِ الشَّرِيدِ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: كَانَ فِي وَفْدِ ثَقِيفٍ رَجُلٌ مَجْذُومٌ فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّا قد بايعناك فَارْجِع» . رَوَاهُ مُسلم
ash-Sharid ibn Suvayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Saqif (qabilasi)ning vakillari orasida moxov bir kishi bor edi. Shunda Nabiy ﷺ unga: ‹Biz seni (kelishingsiz) bayʼat qildik, qaytaver›, — deb (odam) yuborib (xabar) berdilar».