وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُعْجِبُهُ إِذَا خَرَجَ لِحَاجَةٍ أَنْ يَسْمَعَ: يَا رَاشِدُ يَا نَجِيحُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ biror hojat uchun chiqqanlarida, «Yo Roshid, yo Najih (Ey toʻgʻri yoʻl topgan, ey muvaffaq boʻlgan)» degan (soʻz)ni eshitish u zotga yoqar edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib sahihdir.