وَعَنْ بُرَيْدَةَ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ لَا يَتَطَيَّرُ مِنْ شَيْءٍ فَإِذَا بَعَثَ عَامِلًا سَأَلَ عَنِ اسْمِهِ فَإِذَا أَعْجَبَهُ اسْمه فَرح بِهِ ورئي بشر ذَلِك على وَجْهِهِ وَإِنْ كَرِهَ اسْمَهُ رُئِيَ كَرَاهِيَةُ ذَلِكَ على وَجْهِهِ وَإِذَا دَخَلَ قَرْيَةً سَأَلَ عَنِ اسْمِهَا فَإِنْ أَعْجَبَهُ اسْمُهَا فَرِحَ بِهِ وَرُئِيَ بِشْرُ ذَلِكَ فِي وَجْهِهِ وَإِنْ كَرِهَ اسْمَهَا رُئِيَ كَرَاهِيَة ذَلِك فِي وَجهه. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Burayda ibn al-Husayb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ hech narsadan badfol olmas edilar. Biror amaldorni joʻnatganlarida, uning ismini soʻrar edilar. Agar uning ismi u zotga yoqsa, undan xursand boʻlar va bu xursandchilik chehralarida koʻrinib turar edi. Agar uning ismini yoqtirmasalar, buni yoqtirmaslik chehralarida koʻrinib turardi. Biror qishloqqa kirganlarida ham, uning nomini soʻrar edilar. Agar uning nomi u zotga yoqsa, undan xursand boʻlar va bu xursandchilik chehralarida koʻrinib turardi. Agar uning nomini yoqtirmasalar, buni yoqtirmaslik chehralarida koʻrinib turardi.