وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «تَدُورُ رَحَى الْإِسْلَامِ لِخَمْسٍ وَثَلَاثِينَ أَوْ سِتٍّ وَثَلَاثِينَ أَوْ سَبْعٍ وَثَلَاثِينَ فَإِنْ يَهْلِكُوا فَسَبِيلُ مَنْ هَلَكَ وَإِنْ يَقُمْ لَهُمْ دِينُهُمْ يَقُمْ لَهُمْ سَبْعِينَ عَامًا» . قُلْتُ: أَمِمَّا بَقِيَ أَوْ مِمَّا مَضَى؟ قَالَ: «مِمَّا مضى» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi. U zot ﷺ: «Islom tegirmoni oʻttiz besh yoki oʻttiz olti yoki oʻttiz yetti yil aylanadi. Agar ular halok boʻlsalar, undan oldin halok boʻlganlarning yoʻlini tutgan boʻladilar. Agar dinlari ular uchun barqaror tursa, ular uchun yetmish yil barqaror turadi», dedilar. (Ibn Masʼud) aytadi: «Men: ‹Bu (yetmish yil) qolganidanmi yoki oʻtganidanmi?› deb soʻradim. U zot ﷺ: ‹Oʻtganidan›, dedilar». Abu Dovud aytadi: Kim (roviyning ismini) ‹Xiroʻsh› desa, xato qilibdi.