عَن أبي واقدٍ اللَّيْثِيّ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَمَّا خَرَجَ إِلَى غَزْوَةِ حُنَيْنٍ مَرَّ بِشَجَرَةٍ لِلْمُشْرِكِينَ كَانُوا يُعَلِّقُونَ عَلَيْهَا أَسْلِحَتَهُمْ يُقَالُ لَهَا: ذَاتُ أَنْوَاطٍ. فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللَّهِ اجْعَلْ لَنَا ذَاتَ أَنْوَاطٍ كَمَا لَهُمْ ذَاتُ أَنْوَاطٍ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سُبْحَانَ اللَّهِ هَذَا كَمَا قَالَ قَوْمُ مُوسَى (اجْعَل لنا إِلَهًا كَمَا لَهُم آلهةٌ) وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَتَرْكَبُنَّ سُنَنَ مَنْ كَانَ قبلكُمْ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Voqid al-Laysiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Xaybarga chiqqanlarida, mushriklarning «Zotu Anvot» deb ataladigan bir daraxti yonidan oʻtdilar; ular qurollarini shu daraxtga osib qoʻyar edilar. (Sahobalar): «Ey Allohning Rasuli, ularda Zotu Anvot boʻlganidek, bizga ham bir Zotu Anvot belgilab bering», dedilar. Nabiy ﷺ: «Subhanalloh! Bu xuddi Muso qavmining: {Ularning ilohlari boʻlganidek, bizga ham bir iloh belgilab ber} (Aʼrof 138) deganiga oʻxshaydi. Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, sizlar albatta oʻzlaringizdan oldingilarning yoʻliga ergashasizlar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Abu Voqid al-Laysiyning ismi Horis ibn Avfdir. Bu bobda Abu Said va Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor.