وَعَن ذِي مِخبَرٍ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: " سَتُصَالِحُونَ الرُّومَ صُلْحًا آمِنًا فَتَغْزُونَ أَنْتُمْ وَهُمْ عَدُوًّا مِنْ وَرَائِكُمْ فَتُنْصَرُونَ وَتَغْنَمُونَ وَتَسْلَمُونَ ثُمَّ تَرْجِعُونَ حَتَّى تَنْزِلُوا بِمَرْجٍ ذِي تُلُولٍ فَيَرْفَعُ رَجُلٌ مِنْ أَهْلِ النَّصْرَانِيَّةِ الصَّلِيبَ فَيَقُولُ: غَلَبَ الصَّلِيبُ فَيَغْضَبُ رَجُلٌ مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَيَدُقُّهُ فَعِنْدَ ذَلِكَ تَغْدِرُ الرُّومُ وَتَجْمَعُ لِلْمَلْحَمَةِ " وَزَادَ بَعْضُهُمْ: «فَيَثُورُ الْمُسْلِمُونَ إِلَى أَسْلِحَتِهِمْ فَيَقْتَتِلُونَ فيكرم الله تِلْكَ الْعِصَابَة بِالشَّهَادَةِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Hasson ibn Atiyya aytdi: Makhul va Ibn Abu Zakariyyo Xolid ibn Maʼdon tomon yurishdi, men ham ular bilan birga yurdim. Bas, u bizga Jubayr ibn Nufayrdan sulh haqida rivoyat qilib berdi. Jubayr aytdi: «Bizni Zu Mixbar — Nabiy ﷺning sahobalaridan biri — huzuriga olib bor», dedi. Bas, biz uning oldiga keldik. Jubayr undan sulh haqida soʻradi. U aytdi: Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim: «Sizlar Rumliklar bilan tinch sulh tuzasizlar, soʻng siz ham, ular ham orqangizdagi bir dushmanga qarshi jang qilasizlar va gʻolib boʻlasizlar, oʻlja olasizlar va omon qolasizlar. Soʻng qaytasizlar, hatto tepaliklari bor bir oʻtloqqa tushasizlar. Bas, nasroniylardan bir kishi xochni koʻtarib: ‹Xoch gʻolib keldi›, deydi. Shunda musulmonlardan bir kishi gʻazablanib, uni sindiradi. Ana shu paytda Rumliklar ahdni buzadilar va katta jangga toʻplanadilar».