وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «اتْرُكُوا الْحَبَشَةَ مَا تَرَكُوكُمْ فَإِنَّهُ لَا يَسْتَخْرِجُ كَنْزَ الْكَعْبَةِ إِلَّا ذُو السُّوَيْقَتَيْنِ مِنَ الْحَبَشَةِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Qosim ibn Ahmad al-Bagʻdodiy bizga aytib berdi: Abu Omir bizga Zuhayr ibn Muhammaddan, u Muso ibn Jubayrdan, u Abu Umoma ibn Sahl ibn Hunayfdan, u Abdulloh ibn Amrdan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qildi. U zot dedilar: «Habashliklar sizlarni tek qoʻygunlaricha, sizlar ham ularni tek qoʻyinglar. Chunki Kaʼba xazinasini faqat habashliklardan boʻlgan ikki ozgʻin oyoqli kishi chiqaradi».