وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِلَّا أحدثكُم حَدِيثا عَن الدَّجَّال ماحدث بِهِ نبيٌّ قومَه؟ : إِنَّه أعوَرُ وإِنَّه يَجِيءُ مَعَهُ بِمِثْلِ الْجَنَّةِ وَالنَّارِ فَالَّتِي يَقُولُ: إِنَّهَا الْجَنَّةُ هِيَ النَّارُ وَإِنِّي أُنْذِرُكُمْ كَمَا أنذر بِهِ نوح قومه ". مُتَّفق عَلَيْهِ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Men sizlarga Dajjol haqida — hech bir paygʻambar oʻz ummatiga aytmagan bir narsani — aytaymi? Dajjol — bir koʻzli (koʻr)dir va u oʻzi bilan — doʻzax hamda jannatga oʻxshash narsalarni — olib keladi; lekin u jannat deb ataydigan (narsa) — aslida doʻzaxdir. Bas, men sizlarni — Nuh oʻz qavmini undan ogohlantirgandek — (undan) ogohlantiraman», — dedi.