وَعَنْ حُذَيْفَةَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الدَّجَّالَ يَخْرُجُ وَإِنَّ مَعَهُ مَاءً وَنَارًا فَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ مَاءً فَنَارٌ تَحْرِقُ وَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ نَارًا فَمَاءٌ بَارِدٌ عَذْبٌ فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ فَلْيَقَعْ فِي الَّذِي يَرَاهُ نَارًا فَإِنَّهُ مَاءٌ عَذْبٌ طَيِّبٌ» . مُتَّفق عَلَيْهِ. وَزَاد مُسلم: «إِن الدجالَ ممسوحُ العينِ عَلَيْهَا ظفرةٌ غليظةٌ مَكْتُوب بَين عَيْنَيْهِ كَافِر يَقْرَؤُهُ كل مُؤمن كاتبٌ وَغير كَاتب»
Uqba ibn Amr Abu Masʼud al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men u (Uqba) bilan Huzayfa ibn al-Yamonning oldiga bordim. Uqba unga: «Dajjol haqida Rasululloh ﷺ dan eshitganingni menga aytib ber», dedi. (Huzayfa) dedi: «Albatta Dajjol chiqadi va u bilan birga suv va oʻt boʻladi. Odamlar suv deb koʻradigan narsa — kuydiruvchi oʻt, odamlar oʻt deb koʻradigan narsa esa — sovuq, shirin suvdir. Bas, sizlardan kim shunga yetishsa, oʻt deb koʻrgan narsaga (joyga) tushsin; chunki u shirin, yoqimli suvdir». Uqba: «Men ham buni eshitganman, Huzayfani tasdiqlab», dedi.