وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِذَا دَخَلَ أَهْلُ الْجَنَّةِ الْجَنَّةَ وَأَهْلُ النَّارِ النَّارَ يَقُولُ اللَّهُ تَعَالَى: مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ مِنْ إِيمَانٍ فَأَخْرِجُوهُ فَيَخْرُجُونَ قَدِ امْتَحَشُوا وَعَادُوا حُمَمًا فَيُلْقَوْنَ فِي نَهْرِ الْحَيَاةِ فَيَنْبُتُونَ كَمَا تَنْبُتُ الْحِبَّةُ فِي حَمِيلِ السَّيْلِ أَلَمْ تَرَوْا أَنَّهَا تَخْرُجُ صَفْرَاءَ مُلْتَوِيَةً ". مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ
(Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Paygʻambar ﷺ: «Jannat ahli jannatga, doʻzax ahli doʻzaxga kirgach, Alloh: ‹Kimning qalbida bir xardal urugʻicha iymon boʻlsa, uni (doʻzaxdan) chiqaringlar›, deydi. Bas, ular — (olovda) kuyib, koʻmirga aylangan holda — chiqariladi va ‹Hayot daryosi›ga tashlanadi; soʻng ular — xuddi sel oqizgan (loyqa)dagi urugʻ unib chiqqani kabi — unib (oʻsib) chiqadi», dedilar. Paygʻambar ﷺ (yana): «Uning sargʻish, buralgan holda unib chiqishini koʻrmadingizmi?» dedilar.