وَعَن أنس قا ل سَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَشْفَعَ لِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَقَالَ: «أَنَا فَاعِلٌ» . قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَأَيْنَ أَطْلُبُكَ؟ قَالَ اطْلُبْنِي أَوَّلَ مَا تَطْلُبُنِي عَلَى الصِّرَاطِ ". قُلْتُ فَإِنْ لَمْ أَلْقَكَ عَلَى الصِّرَاطِ؟ قَالَ: «فَاطْلُبْنِي عِنْدَ الْمِيزَانِ» قُلْتُ فَإِنْ لَمْ أَلْقَكَ عِنْدَ الْمِيزَانِ؟ قَالَ: «فَاطْلُبْنِي عِنْدَ الْحَوْضِ فَإِنِّي لَا أُخطىءُ هَذِه الثلاثَ المواطن» رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وقا لهَذَا حَدِيث غَرِيب
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺdan Qiyomat kuni menga shafoat qilishlarini soʻradim. U zot: «Men (buni) qiluvchiman», dedilar. Men: «Ey Rasululloh, sizni qayerdan izlay?» dedim. U zot: «Birinchi marta meni Sirot ustidan izla», dedilar. Men: «Agar sizni Sirot ustida uchratmasam-chi?» dedim. U zot: «Unda meni Mezon oldidan izla», dedilar. Men: «Agar sizni Mezon oldida uchratmasam-chi?» dedim. U zot: «Unda meni Havz oldidan izla, chunki men shu uch joydan adashmayman», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻldan bilamiz.