وَعَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قا ل: قيل لَهُ مَا الْمقَام الْمَحْمُود؟ قا ل: " ذَلِكَ يَوْمَ يَنْزِلُ اللَّهُ تَعَالَى عَلَى كُرْسِيِّهِ فَيَئِطُّ كَمَا يئطُّ الرحلُ الْجَدِيد من تضايقه بِهِ وَهُوَ كَسَعَةِ مَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَيُجَاءُ بِكُمْ حُفَاةً عُرَاةً غُرْلًا فَيَكُونُ أَوَّلُ مَنْ يُكْسَى إِبراهيم يَقُول الله تَعَالَى: أُكسوا خليلي بِرَيْطَتَيْنِ بَيْضَاوَيْنِ مِنْ رِيَاطِ الْجَنَّةِ ثُمَّ أُكْسَى عَلَى أَثَرِهِ ثُمَّ أَقُومُ عَنْ يَمِينِ اللَّهِ مقَاما يغبطني الْأَولونَ وَالْآخرُونَ ". رَوَاهُ الدَّارمِيّ
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺdan maqomi mahmud nima ekani soʻralganda, u zot: «Bu — Alloh taolo Oʻz Kursisiga tushadigan kundir. U (Kursi) yangi egar oʻzining torligidan gʻichirlaganidek gʻichirlaydi. Uning kengligi osmon bilan yer orasiday. Sizlar yalangoyoq, yalangʻoch, sunnatsiz holda keltirilasizlar. Birinchi boʻlib kiyintiriladigan kishi Ibrohim boʻladi. Alloh taolo: ‹Doʻstimni kiydiringlar› deydi. Shunda jannat matolaridan ikkita oq, choksiz mato keltiriladi. Soʻng uning ortidan men kiyintirilaman. Soʻng men Allohning oʻng tomonida, avvalgilar va keyingilar menga havas qiladigan maqomda turaman», dedilar. Dorimiy rivoyat qilgan.