عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ أَدْنَى أَهْلِ الْجَنَّةِ مَنْزِلَةً لَمَنْ يَنْظُرُ إِلَى جِنَانِهِ وَأَزْوَاجِهِ وَنَعِيمِهِ وَخَدَمِهِ وَسُرُرِهِ مَسِيرَةَ أَلْفِ سَنَةٍ وَأَكْرَمَهُمْ عَلَى اللَّهِ مَنْ يَنْظُرُ إِلَى وَجْهِهِ غُدْوَةً وَعَشِيَّةً» ثُمَّ قَرَأَ (وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ إِلَى ربّها ناظرة) رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, jannat ahlining martabasi eng past boʻlgani oʻzining bogʻlariga, juftlariga, neʼmatlariga, xizmatchilariga va soʻrilariga ming yillik masofa (qadar) nazar soluvchidir. Ularning Alloh huzurida eng karomatlisi esa ertayu kech Uning yuziga nazar soluvchidir», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ: {Oʻsha kunda baʼzi yuzlar yorugʻdir, Rabbiga boquvchidir} (Qiyomat 22-23) oyatini oʻqidilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Isroildan, u Suvayrdan, u Ibn Umardan marfuʼ (sifatida) bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan. Abdulmalik ibn Abjar uni Suvayrdan, u Ibn Umardan mavquf (sifatida) rivoyat qilgan. Ubaydulloh al-Ashjaʼiy esa Sufyondan, u Suvayrdan, u Mujohiddan, u Ibn Umardan uning soʻzi (sifatida) rivoyat qilgan va uni marfuʼ qilmagan.