وَعَن أبي رزين الْعقيلِيّ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَكُلُّنَا يَرَى رَبَّهُ مُخْلِيًا بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ؟ قَالَ: «بَلَى» . قَالَ: وَمَا آيَةُ ذَلِكَ فِي خَلْقِهِ؟ قَالَ: «يَا أَبَا رَزِينٍ أَلَيْسَ كُلُّكُمْ يَرَى الْقَمَرَ لَيْلَةَ البدرِ مُخْلِيًا بِهِ؟» قَالَ: بَلَى. قَالَ: «فَإِنَّمَا هُوَ خَلْقٌ مِنْ خَلْقِ اللَّهِ وَاللَّهُ أَجَلُّ وَأَعْظَمُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Razin al-Uqayliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. U dedi: men: «Yo Rasululloh, har birimiz Robbimizni koʻramizmi?» dedim. Ibn Muozning rivoyatida: «...qiyomat kunida U bilan yolgʻiz holda (koʻramizmi)? Va Uning maxluqotida bunga (dalil) belgi nima?» (degan ziyoda bor). U zot dedilar: «Ey Abu Razin, har biringiz oyni koʻrmaysizlarmi?» — Ibn Muozning rivoyatida: «...toʻlin oy kechasida u bilan yolgʻiz holda?» — soʻng (rivoyatlar) bir-biriga muvofiq keladi. Men: «Ha (koʻramiz)» dedim. U zot: «Alloh esa (undan ham) ulugʻroqdir» dedilar. Ibn Muozning rivoyatida: u zot dedilar: «Bu (oy) Allohning maxluqotlaridan bir maxluq, xolos. Alloh esa (undan ham) ulugʻroq va buyukroqdir.»