وسُئل مَالك بن أَنسٍ عَن قَوْله تَعَالَى (إِلى ربِّها ناظرة) فَقِيلَ: قَوْمٌ يَقُولُونَ: إِلَى ثَوَابِهِ. فَقَالَ مَالِكٌ: كَذَبُوا فَأَيْنَ هُمْ عَنْ قَوْلُهُ تَعَالَى: (كَلَّا إِنَّهُمْ عَنْ رَبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لمحجوبونَ) ؟ قَالَ مَالِكٌ النَّاسُ يَنْظُرُونَ إِلَى اللَّهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِأَعْيُنِهِمْ وَقَالَ: لَوْ لَمْ يَرَ الْمُؤْمِنُونَ رَبَّهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَمْ يُعَيِّرِ اللَّهُ الْكَفَّارَ بِالْحِجَابِ فَقَالَ (كَلَّا إِنَّهُمْ عَنْ رَبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لمحجوبون) رَوَاهُ فِي «شرح السّنة»
Molik ibn Anas (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Molik ibn Anasdan Alloh taoloning {Robbiga boquvchidir} (Qiyomat 23) degan soʻzi haqida soʻraldi va: «Baʼzi kishilar bu Uning savobiga (boqish) deyishadi», deyildi. Molik: «Ular yolgʻon aytdilar. Unda ular Alloh taoloning {Yoʻq! Albatta, ular oʻsha kuni Robbilaridan toʻsilgandirlar} (Mutaffifin 15) degan soʻzini qayerga qoʻyadilar?» dedi. Molik yana dedi: «Odamlar qiyomat kuni Allohga oʻz koʻzlari bilan boqadilar». U yana dedi: «Agar moʻminlar qiyomat kuni Robbilarini koʻrmaydigan boʻlganlarida, Alloh kofirlarni {Yoʻq! Albatta, ular oʻsha kuni Robbilaridan toʻsilgandirlar} deb toʻsiq bilan ayblab, uyaltirmagan boʻlardi». Buni «Sharh as-sunna»da rivoyat qilingan.