وَعَنْ جَابِرٌ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " بَيْنَا أَهْلُ الْجَنَّةِ فِي نَعِيمِهِمْ إِذْ سَطَعَ نورٌ فَرفعُوا رؤوسَهم فَإِذَا الرَّبُّ قَدْ أَشْرَفَ عَلَيْهِمْ مِنْ فَوْقِهِمْ فَقَالَ: السَّلَامُ عَلَيْكُمْ يَا أَهْلَ الْجَنَّةِ قَالَ: وَذَلِكَ قَوْلُهُ تَعَالَى (سَلَامٌ قَوْلًا مِنْ رَبٍّ رحيمٍ) قَالَ: فَيَنْظُرُ إِلَيْهِمْ وَيَنْظُرُونَ إِلَيْهِ فَلَا يَلْتَفِتُونَ إِلَى شَيْءٍ مِنَ النَّعِيمِ مَا دَامُوا يَنْظُرُونَ إِلَيْهِ حَتَّى يَحْتَجِبَ عَنْهُمْ وَيَبْقَى نُورُهُ وَبَرَكَتُهُ عَلَيْهِم فِي دِيَارهمْ ". رَوَاهُ ابْن مَاجَه
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Jannat ahli oʻz neʼmatlari ichida yayrab turganlarida, birdan ularga bir nur porlaydi. Ular boshlarini koʻtarishsa, Rabblari ularga tepalaridan qarab turgan boʻladi va: ‹Assalomu alaykum, ey jannat ahli!› deydi». Bu Allohning: {Rahmli Rabb tomonidan (aytilgan) ‹Salom› soʻzidir} (Yosin 58) degan soʻzidir. «Soʻng U ularga nazar soladi, ular ham Unga nazar soladilar. U ular koʻzidan pardalanmaguncha, ular Unga qarab turgan ekan, neʼmatlarning birortasiga ham eʼtibor bermaydilar. Uning nuri va barakati esa ularning diyorlarida ular ustida qoladi».