وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أُعْطِيتُ خَمْسًا لَمْ يُعْطَهُنَّ أَحَدٌ قَبْلِي: نُصِرْتُ بِالرُّعْبِ مَسِيرَةَ شَهْرٍ وَجُعِلَتْ لِيَ الْأَرْضُ مَسْجِدًا وَطَهُورًا فَأَيُّمَا رَجُلٍ مِنْ أُمَّتي أدركتْه الصَّلاةُ فليُصلِّ وأُحلَّتْ لي المغانمُ وَلَمْ تَحِلَّ لِأَحَدٍ قَبْلِي وَأَعْطِيتُ الشَّفَاعَةَ وَكَانَ النَّبِيُّ يُبْعَثُ إِلَى قَوْمِهِ خَاصَّةً وَبُعِثْتُ إِلَى النَّاسِ عامَّةً ". مُتَّفق عَلَيْهِ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Menga mendan oldin hech kimga berilmagan besh narsa berildi: birinchisi — men bir oylik yoʻl (masofa)dan (dushmanga) solingan qoʻrquv (haybat) bilan nusratlandim; ikkinchisi — yer menga (va ummatimga) namozgoh va tayammum (vositasi) qilindi, shuning uchun ummatimdan har kim namoz vaqti kirgan joyda namoz oʻqiyaversa boʻladi; uchinchisi — menga oʻlja halol qilindi, u mendan oldin hech kimga halol emas edi; toʻrtinchisi — menga (Qiyomat kuni) shafoat (haqqi) berildi; beshinchisi — har bir paygʻambar faqat oʻz qavmiga yuborilar edi, men esa barcha insonlarga yuborildim», — dedilar.