وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " فُضِّلْتُ عَلَى الْأَنْبِيَاءِ بِسِتٍّ: أُعْطِيتُ جَوَامِعَ الْكَلِمِ وَنُصِرْتُ بِالرُّعْبِ وَأُحِلَّتْ لِيَ الْغَنَائِمُ وَجُعِلَتْ لِيَ الْأَرْضُ مَسْجِدًا وَطَهُورًا وَأُرْسِلْتُ إِلَى الْخَلْقِ كَافَّةً وَخُتِمَ بِيَ النَّبِيُّونَ ". رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ: «Men (boshqa) paygʻambarlardan oltita (narsa) bilan ustun qilindim: menga jomeʼ-ul-kalim (qisqa soʻzda keng maʼno) berildi, qoʻrquv (solish) bilan nusrat berildim, gʻanimatlar menga halol qilindi, yer menga masjid va poklovchi qilindi, men butun xalqqa (paygʻambar etib) yuborildim va men bilan paygʻambarlar muhrlandi (yakunlandi)», dedilar. Bu hadis hasan sahihdir.