وَعَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ كُنْتُ إِمَامَ النَّبِيِّينَ وَخَطِيبَهُمْ وَصَاحِبَ شَفَاعَتِهِمْ غيرَ فَخر» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ubay ibn Kaʼb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Men paygʻambarlar ichida bir uy qurib, uni goʻzal, mukammal va chiroyli qilgan, ammo undan bir gʻisht oʻrnini boʻsh qoldirgan kishiga oʻxshayman. Bas, odamlar binoni aylanib, undan hayratga tushib: ‹Mana shu gʻisht oʻrni toʻldirilsa edi›, deydilar. Men paygʻambarlar ichida ana oʻsha gʻisht oʻrnidaman», dedilar. Va shu isnod bilan Nabiy ﷺdan (rivoyat qilinadi): U zot: «Qiyomat kuni boʻlganda men paygʻambarlarning imomi, xatibi va shafoatchisi boʻlaman, (bunda) faxrlanish yoʻq», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir.