وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: " إِن لِكُلِّ نَبِيٍّ وُلَاةً مِنَ النَّبِيِّينَ وَإِنَّ وَلِيِّيَ أَبِي وَخَلِيلُ رَبِّي ثُمَّ قَرَأَ: [إِنَّ أَوْلَى النَّاسِ بِإِبْرَاهِيمَ لَلَّذِينَ اتَّبَعُوهُ وَهَذَا النَّبِيُّ وَالَّذِينَ آمنُوا وَالله ولي الْمُؤمنِينَ] . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, har bir paygʻambarning paygʻambarlardan doʻstlari (himoyachilari) boʻlgan. Mening doʻstim esa otam (Ibrohim) va Robbimning xalili (Ibrohim)dir», dedilar. Soʻng: {Albatta, odamlar ichida Ibrohimga eng yaqin kishilar unga ergashganlar, mana bu Paygʻambar va iymon keltirganlardir. Alloh moʻminlarning doʻstidir} (Oli Imron 68) oyatini oʻqidilar. Abu Iso aytdi: Bu (rivoyat) Abu Zuhoning Masruqdan (qilgan) rivoyatidan sahihroqdir.