وَعَنْ عَائِشَةَ أَنَّ الْحَارِثَ بْنَ هِشَامٍ سَأَلَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ يَأْتِيكَ الْوَحْيُ؟ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَحْيَانًا يَأْتِينِي مِثْلَ صَلْصَلَةِ الْجَرَسِ وَهُوَ أَشَدُّهُ عَلَيَّ فَيَفْصِمُ عَنِّي وَقَدْ وَعَيْتُ عَنْهُ مَا قَالَ وَأَحْيَانًا يَتَمَثَّلُ لِي الْمَلَكُ رَجُلًا فَيُكَلِّمُنِي فَأَعِي مَا يَقُولُ» . قَالَتْ عَائِشَةُ: وَلَقَدْ رَأَيْتُهُ يَنْزِلُ عَلَيْهِ الْوَحْيُ فِي الْيَوْمِ الشَّدِيدِ الْبَرْدِ فَيَفْصِمُ عَنْهُ وَإِنَّ جَبِينَهُ لَيَتَفَصَّدُ عَرَقًا. مُتَّفق عَلَيْهِ
Oisha — moʻminlarning onasi (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Horis ibn Hishom (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺ dan: «Yo Rasululloh! Sizga vahiy qanday keladi?» — deb soʻradi. Rasululloh ﷺ: «Baʼzan u menga qoʻngʻiroq jarangiga oʻxshab keladi — bu menga eng ogʻiri boʻladi — soʻngra u mendan uziladi va men undan aytilgan narsani yodlab olgan boʻlaman. Baʼzan esa farishta menga inson suratida koʻrinib, men bilan gaplashadi va men uning aytganini yodlab olaman», — dedilar. Oisha (roziyallohu anho) dedi: «Men u zotning juda sovuq kunda vahiy nozil boʻlayotganini va u (vahiy) tugaganda peshonalaridan ter oqib turganini koʻrganman.»