وَعَن الْبَراء بن عَازِب قا ل: كُنَّا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَرْبَعَ عَشْرَةَ مِائَةً يَوْمَ الْحُدَيْبِيَةِ وَالْحُدَيْبِيَةُ بِئْرٌ فَنَزَحْنَاهَا فَلَمْ نَتْرُكْ فِيهَا قَطْرَةً فَبَلَغَ النبيَّ صلى الله عَلَيْهِ وَسلم فأتاهافجلس عَلَى شَفِيرِهَا ثُمَّ دَعَا بِإِنَاءٍ مِنْ مَاءٍ فَتَوَضَّأَ ثُمَّ مَضْمَضَ وَدَعَا ثُمَّ صَبَّهُ فِيهَا ثُمَّ قَالَ: دَعُوهَا سَاعَةً " فَأَرْوَوْا أَنْفُسَهُمْ وَرِكَابَهُمْ حَتَّى ارتحلوا. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Baro aytdi:) «Sizlar ‹fath› (gʻalaba) deb Makka fathini hisoblaysizlar — Makka fathi (albatta) bir fath edi — biz esa ‹fath›ni Hudaybiya kunidagi Rizvon bayʼati deb hisoblaymiz», dedi. (Baro:) Biz Paygʻambar ﷺ bilan ming toʻrt yuz (kishi) edik. Hudaybiya — bir quduq edi, biz uni (suvini) toʻla tortib (boʻshatib) oldik, unda bir tomchi (suv) ham qoldirmadik. Bu Paygʻambar ﷺga yetdi, u zot uning oldiga kelib, labiga oʻtirdilar, soʻng bir idish suv soʻrab, (undan) tahorat qildilar, soʻng (ogʻizlarini) chayib, duo qildilar, soʻng uni (suvni) quduqqa quydilar. Biz uni uzoq (ketmay) bir oz qoʻyib turdik, soʻng u bizni va ulovlarimizni xohlaganimizcha (suvga) qondirib (chiqarib) yubordi.