وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّكُمْ سَتَفْتَحُونَ مِصْرَ وَهِيَ أَرْضٌ يُسَمَّى فِيهَا الْقِيرَاطُ فَإِذَا فَتَحْتُمُوهَا فَأَحْسِنُوا إِلَى أَهْلِهَا فَإِنَّ لَهَا ذِمَّةً وَرَحِمًا أَوْ قَالَ: ذِمَّةً وَصِهْرًا فَإِذَا رَأَيْتُمْ رَجُلَيْنِ يَخْتَصِمَانِ فِي مَوْضِعِ لَبِنَةٍ فَاخْرُجْ مِنْهَا ". قَالَ: فَرَأَيْتُ عَبْدَ الرَّحْمَن بن شُرَحْبِيل بن حَسَنَة وأخاه يَخْتَصِمَانِ فِي مَوْضِعِ لَبِنَةٍ فَخَرَجْتُ مِنْهَا. رَوَاهُ مُسلم
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlar yaqinda Misrni fath qilasizlar. U shunday yurtdirki, unda (pul birligi) qirot deb ataladi. Uni fath qilganingizda, ahliga yaxshilik qilinglar, chunki ularning (zimmangizda) ahdu zimmasi va qarindoshligi bordir», dedilar. Yoki: «ahdu zimmasi va qudaligi bordir. Qachonki, u yerda bir gʻisht oʻrni (kabi arzimas narsa) ustida tortishayotgan ikki kishini koʻrsang, u yerdan chiqib ket», dedilar. (Abu Zarr) dedi: Men Abdurrahmon ibn Shurahbil ibn Hasana va uning akasi Rabiʼani bir gʻisht oʻrni ustida tortishayotganini koʻrdim va u yerdan chiqib ketdim.