وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي سَفَرٍ فَأَقْبَلَ أَعْرَابِي فَلَمَّا دنا مِنْهُ قَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولَهُ قَالَ وَمَنْ يَشْهَدُ عَلَى مَا تَقُولُ؟ قَالَ: «هَذِهِ السَّلَمَةُ» فَدَعَاهَا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ بِشَاطِئِ الْوَادِي فَأَقْبَلَتْ تَخُدُّ الْأَرْضَ حَتَّى قَامَتْ بَيْنَ يَدَيْهِ فَاسْتَشْهِدْهَا ثَلَاثًا فَشَهِدَتْ ثَلَاثًا أَنَّهُ كَمَا قَالَ ثُمَّ رجعتْ إِلى منبتِها. رَوَاهُ الدَّارمِيّ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan bir safarda edik. Shunda bir aʼrobiy yaqinlashdi. U zotga yaqinlashganda, Rasululloh ﷺ unga: «Allohdan boshqa iloh yoʻq, U yolgʻiz, sherigi yoʻq, Muhammad esa Uning bandasi va Rasuli ekaniga guvohlik berasanmi?» dedilar. U: «Aytayotganingga kim guvohlik beradi?» dedi. U zot: «Mana bu salama daraxti», dedilar. Rasululloh ﷺ — u zot vodiy boʻyida edilar — uni chaqirdilar. U yerni yorib kela boshladi, hatto u zotning oldida turdi. U zot undan uch marta guvohlik soʻradilar, u ham uch marta ish u zot aytganidek ekaniga guvohlik berdi. Soʻng u oʻsib chiqqan joyiga qaytdi. Darimiy rivoyat qilgan.