وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ جَاءَ أَعْرَابِيٌّ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بِمَا أَعْرِفُ أَنَّكَ نَبِيٌّ؟ قَالَ: «إِنْ دَعَوْتَ هَذَا الْعِذْقَ مِنْ هَذِهِ النَّخْلَةِ يَشْهَدُ أَنِّي رَسُولُ اللَّهِ» فَدَعَاهُ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَجَعَلَ يَنْزِلُ مِنَ النَّخْلَةِ حَتَّى سَقَطَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ قَالَ: «ارْجِعْ» فَعَادَ فَأَسْلَمَ الْأَعْرَابِيُّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَصَححهُ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) shunday deganlar: Bir aʼrobiy Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Sizning paygʻambar ekaningizni qanday bilaman?» dedi. U zot: «Agar men mana bu xurmo daraxtidan mana shu shingilini chaqirsam, mening Allohning Rasuli ekanimga guvohlik berasanmi?» dedilar. Rasululloh ﷺ uni chaqirdilar, shunda u xurmo daraxtidan tusha boshlab, Nabiy ﷺning oldilariga tushib keldi. Soʻng u zot: «Qaytib bor», dedilar, u qaytib ketdi. Shunda aʼrobiy Islomga kirdi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib sahihdir.