وَعَنْ عَلِيٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سَتْرُ مَا بَيْنَ أَعْيُنِ الْجِنِّ وَعَوْرَاتِ بَنِي آدَمَ إِذَا دَخَلَ أَحَدُهُمُ الْخَلَاءَ أَنْ يَقُولَ بِسْمِ اللَّهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ وَإِسْنَاده لَيْسَ بِقَوي
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jinlarning koʻzlari bilan Odam bolalarining avratlari orasidagi toʻsiq — birortangiz hojatxonaga kirgan paytda ‹Bismillah› deyishidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻl bilangina bilamiz, uning isnodi unchalik kuchli emas. Bu haqda Anas (roziyallohu anhu)dan ham Nabiy ﷺdan baʼzi narsalar rivoyat qilingan.