وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا خَرَجَ مِنَ الْخَلَاءِ قَالَ «غفرانك» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه والدارمي
Oisha (roziyallohu anho) aytadi: Paygʻambar ﷺ hojatxonadan chiqqanlarida: «Gʻufronaka (Ey Alloh, Sening magʻfiratingni soʻrayman)», der edilar.
Abu Iso aytdi: Bu hasan gʻarib hadis boʻlib, uni faqat Isroil(ning) Yusuf ibn Abu Burdadan (qilgan) rivoyati orqaligina bilamiz. Abu Burda ibn Abu Musoning ismi Omir ibn Abdulloh ibn Qays al-Ashʼariydir. Bu bobda Oisha (roziyallohu anho)ning Paygʻambar ﷺ dan (qilgan) hadisidan boshqasini bilmaymiz.