وَعَن الرّبيع بنت معوذ: أَنَّهَا رَأَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَوَضَّأُ قَالَتْ فَمَسَحَ رَأْسَهُ مَا أَقَبْلَ مِنْهُ وَمَا أَدْبَرَ وَصُدْغَيْهِ وَأُذُنَيْهِ مَرَّةً وَاحِدَةً وَفِي رِوَايَةٍ أَنَّهُ تَوَضَّأَ فَأَدْخَلَ أُصْبُعَيْهِ فِي جُحْرَيْ أُذُنَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَرَوَى التِّرْمِذِيُّ الرِّوَايَةَ الأولى وَأحمد وَابْن مَاجَه الثَّانِيَة
Ar-Rubayyiʼ binti Muʼavviz ibn Afro (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinishicha, u Paygʻambar ﷺ ni tahorat olayotganlarini koʻrgan. U: «U zot boshlariga, boshlarining oldidagi va orqasidagi (joyga), chakkalariga va quloqlariga bir marta mash tortdilar», dedi.
(Rovi) aytdi: Bu bobda Ali va Talha ibn Musarrif ibn Amr(ning) bobosidan ham (rivoyatlar bor). Abu Iso aytdi: Ar-Rubayyiʼning hadisi hasan sahih hadisdir. Paygʻambar ﷺ dan u zot boshlariga bir marta mash tortgani bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan. Paygʻambar ﷺ sahobalaridan koʻpchilik ilm ahli va ulardan keyingilar nazdida shu (hadis) bilan amal qilinadi. Jaʼfar ibn Muhammad, Sufyon Savriy, Ibn al-Muborak, Shofeiy, Ahmad va Ishoq ham shuni aytib, boshga bir marta mash tortishni (kifoya) deb koʻrishgan. Bizga Muhammad ibn Mansur al-Makkiy aytib berdi: Men Sufyon ibn Uyaynani: «Men Jaʼfar ibn Muhammaddan boshga mash tortish haqida — bir marta kifoya qiladimi? — deb soʻradim. U: ‹Ha, vallohi›, dedi», deganini eshitdim.