وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ زَيْدٍ: أَنَّهُ رَأَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَوَضَّأَ وَأَنَّهُ مَسَحَ رَأْسَهُ بِمَاءٍ غَيْرِ فَضْلِ يَدَيْهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَرَوَاهُ مُسلم مَعَ زَوَائِد
Abdulloh ibn Zayd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinishicha, u Paygʻambar ﷺ ni tahorat olayotganlarini va boshlariga qoʻllaridan ortgan suvdan boshqa (yangi) suv bilan mash tortayotganlarini koʻrgan.
Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih hadisdir. Ibn Lahia bu hadisni Habbon ibn Vosiʼdan, (u) otasidan, (u) Abdulloh ibn Zayddan: «Paygʻambar ﷺ tahorat olib, boshlariga qoʻllaridan ortib qolgan suv bilan mash tortdilar», deb rivoyat qilgan. Amr ibn al-Horisning Habbondan (qilgan) rivoyati (esa) sahihroqdir; chunki bu hadis Abdulloh ibn Zayd va boshqalardan — «Paygʻambar ﷺ boshlari uchun yangi suv oldilar» — bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan. Koʻpchilik ilm ahli nazdida shu (hadis) bilan amal qilinib, ular bosh uchun yangi suv olishni (afzal) deb koʻrishgan.