وَعَن السَّائِب بن يزِيد قَالَ: ذَهَبَتْ بِي خَالَتِي إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ ابْنَ أُخْتِي وَجِعٌ فَمَسَحَ رَأْسِي وَدَعَا لي بِالْبَرَكَةِ ثُمَّ تَوَضَّأَ فَشَرِبْتُ مِنْ وَضُوئِهِ ثُمَّ قُمْتُ خَلْفَ ظَهْرِهِ فَنَظَرْتُ إِلَى خَاتَمِ النُّبُوَّةِ بَين كَتفيهِ مثل زر الحجلة
Soib ibn Yazid (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Xolam meni Paygʻambar ﷺ ning oldiga olib borib: «Yo Rasululloh, opamning shu oʻgʻlining oyoqlarida dard bor», — dedi. U zot qoʻllarini boshimga surdilar va menga baraka tilab duo qildilar; soʻng tahorat oldilar, men ortgan suvdan ichdim. Men u zotning orqalarida turdim va elkalari orasidagi nubuvvat muhrini koʻrdim; u (kichik chodir tugmasiga oʻxshash) edi.