عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْمَاءِ يَكُونُ فِي الْفَلَاةِ مِنَ الْأَرْضِ وَمَا يَنُوبُهُ مِنَ الدَّوَابّ وَالسِّبَاع فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا كَانَ الْمَاءُ قُلَّتَيْنِ لَمْ يَحْمِلِ الْخَبَثَ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد وَالتِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ والدارمي وَابْنُ مَاجَهْ وَفِي أُخْرَى لِأَبِي دَاوُدَ: «فَإِنَّهُ لَا ينجس»
Ibn Umar (roziyallohu anhumo) aytdi: «Men Rasululloh ﷺdan, dasht-yerdagi suv va unga yirtqich hayvonlar hamda chorva mollari kelib (suv ichgani) haqida soʻralayotganini eshitdim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Suv ikki qulla boʻlsa, najosatni koʻtarmaydi (najas boʻlmaydi)», dedilar». Abda aytdi: Muhammad ibn Ishoq aytdi: Qulla — bu (katta) kuzalar va suv olinadigan idishdir. Abu Iso aytdi: Bu Shofeʼiy, Ahmad va Ishoqning soʻzidir; ular: ‹Suv ikki qulla boʻlsa, hidi yoki taʼmi oʻzgarmagunicha uni hech narsa najas qilmaydi›, dedilar. Va: ‹U taxminan besh mesh (suv) boʻladi›, dedilar.