وَعنهُ قَالَ: رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يمسح على الْخُفَّيْنِ على ظاهرهما. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: Men Nabiy ﷺ ikki mahsilarining ustki tomoniga mash tortayotganlarini koʻrdim. Abu Iso aytdi: Mugʻiyraning hadisi hasan hadisdir, u Abdurrahmon ibn Abu Zinodning hadisi boʻlib, u otasidan, u Urvadan, u Mugʻiyradan (rivoyat qilgan). Biz Urvadan, u Mugʻiyradan «ustki tomoniga» (deb) zikr qilgan undan boshqa hech kimni bilmaymiz. Bu koʻplab ilm ahlining soʻzidir, Sufyon Savriy va Ahmad ham shuni aytadilar. Muhammad (ibn Ismoil) aytdi: Molik ibn Anas Abdurrahmon ibn Abu Zinodga (ishonchli roviy sifatida) ishora qilar edi.