وَعَن الْمُغيرَة بن شُعْبَة قَالَ: تَوَضَّأَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَمَسَحَ عَلَى الْجَوْرَبَيْنِ وَالنَّعْلَيْنِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: Nabiy ﷺ tahorat oldilar va ikki paypoq hamda ikki kavush ustiga mash tortdilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Bu koʻplab ilm ahlining soʻzidir, Sufyon Savriy, Ibnul Muborak, Shofiʼiy, Ahmad va Ishoq ham shuni aytadilar — ular: Agar paypoqlar qalin boʻlsa, kavush boʻlmasa ham, ular ustiga mash tortiladi, dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Abu Muso (roziyallohu anhu)dan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Men Solih ibn Muhammad Termiziydan eshitdim, u aytdi: Men Abu Muqotil Samarqandiydan eshitdim, u aytdi: Men Abu Hanifaning huzuriga u vafot etgan kasalligida kirdim. U suv talab qilib, tahorat oldi, ustida ikki paypoq bor edi, ularning ustiga mash tortdi, soʻng: «Bugun men ilgari qilmagan bir ishni qildim — kavushli boʻlmagan ikki paypoq ustiga mash tortdim», dedi.