وَعَنْ أَبِي الْجُهَيْمِ بْنِ الْحَارِثِ بْنِ الصِّمَّةِ قَالَ: مَرَرْتُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ يَبُولُ فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَلَمْ يَرُدَّ عَلَيَّ حَتَّى قَامَ إِلَى جِدَارٍ فَحَتَّهُ بِعَصًى كَانَتْ مَعَهُ ثُمَّ وَضَعَ يَدَيْهِ عَلَى الْجِدَارِ فَمَسَحَ وَجْهَهُ وَذِرَاعَيْهِ ثُمَّ رَدَّ عَلَيَّ. وَلَمْ أَجِدْ هَذِهِ الرِّوَايَةَ فِي الصَّحِيحَيْنِ وَلَا فِي كِتَابِ الْحُمَيْدِيِّ وَلَكِنْ ذَكَرَهُ فِي شَرْحِ السُّنَّةِ وَقَالَ: هَذَا حَدِيث حسن
Abul Juhaym ibn al-Horis ibn as-Simma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺning oldilaridan oʻtdim, u zot bavl qilayotgan edilar. Men u zotga salom berdim, ammo u zot devor oldiga borib, oʻzlarida bor bir tayoq bilan uni qirib, soʻng qoʻllarini devorga qoʻyib, yuzlari va bilaklariga mash tortmagunlaricha salomimni qaytarmadilar; keyin salomimni qaytardilar. Bu rivoyatni ‹Sahihayn›da ham, Humaydiy kitobida ham topmadim, lekin Bagʻaviy uni ‹Sharhus-sunna›da zikr qilib: ‹Bu hasan hadisdir›, degan.