وَعَنْ أَبِي ذَرٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا قَامَ أَحَدُكُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَلَا يَمْسَحِ الْحَصَى فَإِنَّ الرَّحْمَةَ تُوَاجِهُهُ» . رَوَاهُ أَحَمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَه
Abu Zarr (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Biringiz namozga turganida mayda toshlarni silamasin, chunki rahmat unga roʻbaroʻ boʻladi», dedilar. (Roviy) aytdi: Bu bobda Muayqib, Ali ibn Abu Tolib, Huzayfa va Jobir ibn Abdullohdan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Zarrning hadisi hasan hadisdir. Paygʻambar ﷺdan rivoyat qilinishicha, ular namozda silashni makruh sanab: «Agar albatta qiladigan boʻlsang, bir marta (sila)», dedilar. Goʻyo ulardan bir martaga ruxsat (rivoyat) qilingan. Ilm ahlining oldida amal shunga muvofiqdir.