وَعَن أم سَلمَة قَالَتْ: رَأَى النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ غُلَامًا لَنَا يُقَالُ لَهُ: أَفْلَحُ إِذَا سَجَدَ نَفَخَ فَقَالَ: «يَا أَفْلَحُ تَرِّبْ وَجْهَكَ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdi: Paygʻambar ﷺ bizning Aflah deb ataladigan bir bolamizni sajda qilganida (yerni) puflayotganini koʻrib qoldilar va: «Ey Aflah, yuzingni tuproqqa (tegizgin)», dedilar. Ahmad ibn Maneʼ aytdi: Abbod ibn Avvom namozda puflashni makruh sanab: «Agar (kishi) puflasa, namozi buzilmaydi», dedi. Ahmad ibn Maneʼ aytdi: Biz ham shu (fikr)ni olamiz. Abu Iso aytdi: Baʼzilari bu hadisni Abu Hamzadan rivoyat qilib: «Bizning Roboh deb ataladigan bir bolamiz», deganlar.