وَعَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا وُضِعَ عَشَاءُ أَحَدِكُمْ وَأُقِيمَتِ الصَّلَاة فابدؤوا بِالْعَشَاءِ وَلَا يَعْجَلْ حَتَّى يَفْرُغَ مِنْهُ» وَكَانَ ابْنُ عُمَرَ يُوضَعُ لَهُ الطَّعَامُ وَتُقَامُ الصَّلَاةُ فَلَا يَأْتِيهَا حَتَّى يَفْرُغُ مِنْهُ وَإِنَّهُ لِيَسْمَعَ قِرَاءَةَ الْإِمَامِ
Nofiʼ (Ibn Umardan) rivoyat qiladi: Ibn Umar dedi: «Rasululloh ﷺ: ‹Biringizga kechlik (taom) tortilsa va iqomat aytilsa, (avval) kechlikdan boshla va uni tugatmaguncha shoshilma›, — dedilar». Ibn Umarga taom tortilib iqomat aytilsa, u — imomning (namozda) qiroatini eshitsa ham — uni (taomni) tugatmaguncha namozga kelmas edi.