وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّهَا قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم يَقُول: «لَا صَلَاة بِحَضْرَة طَعَام وَلَا هُوَ يدافعه الأخبثان»
Ibn Abu Atiq aytadi: men va Qosim Oishaning huzurida bir hadisni soʻzlashdik. Qosim soʻzda xato qiladigan kishi edi, onasi ummu valad (choʻri) edi. Shunda Oisha unga: «Senga nima boʻldi, mana bu jiyanim soʻzlagandek soʻzlamaysan? Albatta men senga (bu nuqsoning) qayerdan kelganini bilaman: buni onasi tarbiyalagan, seni ham onang tarbiyalagan», dedi. (Roviy) dedi: Qosim gʻazablandi va unga (Oishaga) ich-ichidan xafa boʻldi. Oishaning dasturxoni keltirilganini koʻrgach, oʻrnidan turdi. (Oisha): «Qayoqqa?» dedi. U: «Namoz oʻqiyman», dedi. (Oisha): «Oʻtir», dedi. U: «Men namoz oʻqiyman», dedi. (Oisha): «Oʻtir, ey ahdini buzguvchi! Men Rasululloh ﷺ ning: ‹Taom hozir boʻlganda namoz (oʻqilmaydi), kishini katta-kichik hojat (siydik va najas) qiynab turganda ham (namoz oʻqilmaydi)› — deganlarini eshitganman», dedi.