عَنْ أَبِي مَالِكٍ الْأَشْعَرِيِّ قَالَ: أَلَا أُحَدِّثُكُمْ بِصَلَاةِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: أَقَامَ الصَّلَاةَ وَصَفَّ الرِّجَالَ وَصَفَّ خَلْفَهُمُ الْغِلْمَانَ ثُمَّ صَلَّى بِهِمْ فَذَكَرَ صَلَاتَهُ ثُمَّ قَالَ: «هَكَذَا صَلَاة» قَالَ عبد العلى: لَا أَحْسَبُهُ إِلَّا قَالَ: أُمَّتِي ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdurahmon ibn Gʻanm (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Abu Molik al-Ashʼariy (roziyallohu anhu): «Sizlarga Nabiy ﷺning namozlari haqida aytib bermaymi?» dedi. (Roviy) aytdi: Soʻng u namozga iqomat aytdi, erkaklarni saf qildi, ularning orqasida bolalarni saf qildi, soʻng ularga (imom boʻlib) namoz oʻqib berdi. Soʻng namozini bayon qilib, keyin: «Mana shunday namoz», dedi. Abdulaʼlo aytdi: Men uni faqat: «Ummatimning namozi», degan deb oʻylayman.