وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى بَعْدَ الْمَغْرِبِ عِشْرِينَ رَكْعَةً بَنَى اللَّهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh ﷺ: «Kim shomdan keyin olti rakaat oʻqib, ularning orasida yomon (gap)dan biror narsa gapirmasa, ular unga oʻn ikki yillik ibodatga tenglashtiriladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Oishadan ham Nabiy ﷺdan rivoyat qilingan, u zot: «Kim shomdan keyin yigirma rakaat oʻqisa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi gʻarib hadis boʻlib, uni faqat Zayd ibn al-Hubobning Umar ibn Abu Xasʼamdan (qilgan) hadisi orqaligina bilamiz. (Abu Iso) aytdi: Muhammad ibn Ismoilning: «Umar ibn Abdulloh ibn Abu Xasʼam munkarul-hadisdir», deb aytganini eshitdim. Va uni juda zaif sanadi.