وَعَنْهَا قَالَتْ: مَا صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْعِشَاءَ قَطُّ فَدَخَلَ عَلَيَّ إِلَّا صلى أَربع رَكْعَات أَو سِتّ رَكْعَات. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Shurayh ibn Honiʼdan rivoyat qilinadi: «Oisha (roziyallohu anho)dan Rasululloh ﷺning namozlari haqida soʻradim. U shunday dedi: ‹Rasululloh ﷺ xufton (isho) namozini oʻqib, soʻng mening oldimga kirsalar, albatta toʻrt rakat yoki olti rakat namoz oʻqir edilar. Bir kecha bizga yomgʻir yogʻdi, biz u zotga teri (toʻshama) toʻshadik. Hozir ham men oʻsha terida bir teshik boʻlib, undan suv otilib chiqayotganini koʻrib turgandekman. Men u zotning kiyimlaridan birortasi bilan yerga (toʻshama qilib) toʻsiq qoʻyganini hech koʻrmaganman›, dedi.»