وَعَن يَعْلَى بْنِ مُمَلَّكٍ أَنَّهُ سَأَلَ أُمَّ سَلَمَةَ زَوْجَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ قِرَاءَةِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَصَلَاتِهِ؟ فَقَالَتْ: وَمَا لَكُمْ وَصَلَاتُهُ؟ كَانَ يُصَلِّي ثُمَّ يَنَامُ قَدْرَ مَا صَلَّى ثُمَّ يُصَلِّي قَدْرَ مَا نَامَ ثُمَّ يَنَامُ قَدْرَ مَا صَلَّى حَتَّى يُصْبِحَ ثُمَّ نَعَتَتْ قِرَاءَتَهُ فَإِذَا هِيَ تَنْعَتُ قِرَاءَةً مُفَسَّرَةً حَرْفًا حَرْفًا) رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ
Yaʼlo ibn Mamlak (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u Nabiy ﷺning zavjalari Ummu Salamadan u zotning qiroatlari va namozlari haqida soʻradi. Shunda u: «Sizlarga u zotning namozlari qayoqda! U zot namoz oʻqir, soʻng oʻqigani miqdoricha uxlar, soʻng uxlagani miqdoricha namoz oʻqir, soʻng oʻqigani miqdoricha uxlar — to tonggacha shu zaylda davom etardilar», dedi. Soʻng u zotning qiroatlarini vasf qildi va uni har bir harfini ravshan ajratib oʻqiydigan qiroat sifatida taʼrifladi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir, biz uni faqat Lays ibn Saʼdning Ibn Abu Mulaykadan, u Yaʼlo ibn Mamlakdan, u Ummu Salamadan qilgan rivoyati orqaligina bilamiz. Ibn Jurayj bu hadisni Ibn Abu Mulaykadan, u Ummu Salamadan: «Nabiy ﷺ qiroatlarini (boʻlib-boʻlib) ajratib oʻqirdilar», deb rivoyat qilgan. Laysning hadisi esa sahihroqdir.