Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ kechasi tahajjud namozi uchun turganlarida: «Allohumma lakal-hamd. Anta qoyyimus-samavaati val-arz va man fiyhinna. Va lakal-hamd, laka mulkus-samavaati val-arz va man fiyhinna. Va lakal-hamd, anta nuurus-samavaati val-arz. Va lakal-hamd, antal-haqq, va vaʼdukal-haqq, va liqoouka haqq, va qovluka haqq, val-jannatu haqq, van-naaru haqq, van-nabiyyuuna haqq. Va Muhammadun (sallallohu alayhi va sallam) haqq, vas-saaʼatu haqq. Allohumma laka aslamtu, va bika aamantu, va alayka tavakkaltu, va ilayka anabtu, va bika xoosamtu, va ilayka haakamtu, fagʻfir lii maa qoddamtu va maa axxortu, va maa asrortu va maa aʼlantu. Antal-muqoddim va antal-muaxxir, laa ilaaha illaa anta (yoki: laa ilaaha gʻayruka). (Allohim, barcha hamd Senga xosdir; Sen — osmonlar va yer hamda ulardagi (barcha) narsani tutib turuvchisan. Barcha hamd Senga xosdir; osmonlar va yer hamda ulardagi (barcha) narsaning mulki Senga xosdir. Barcha hamd Senga xosdir; Sen — osmonlar va yerning nurisan. Barcha hamd Senga xosdir; Sen — osmonlar va yerning podshohisan. Barcha hamd Senga xosdir; Sen — Haqsan, vaʼdang — haq, Senga roʻbaroʻ kelish — haq, soʻzing — haq, jannat — haq, doʻzax — haq va paygʻambarlar — haq. Muhammad ﷺ — haq va Soat (Qiyomat) — haq. Allohim, Senga taslim boʻldim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga (tavba bilan) qaytdim, Sen (yordaming) bilan (kofirlar bilan) bahslashdim, Seni hakam qildim. Bas, mening avval qilgan va keyin qiladigan, yashirin va oshkora (gunoh)larimni magʻfirat qil. Sen — (baʼzilarni) oldinga oʻtkazuvchi va Sen — (baʼzilarni) orqaga suruvchisan; Sendan boshqa haq maʼbud yoʻq)», — der edilar. Sufyon: «Abdulkarim Abu Umayya yuqoridagiga: ‹Va laa havla va laa quvvata illaa billaah (Allohdan boshqa (gunohlardan saqlovchi) kuch va (toatga) quvvat yoʻq)›, — deganini qoʻshdi», — dedi.