وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا قَامَ مِنَ اللَّيْلِ افْتَتَحَ صَلَاتَهُ فَقَالَ: «اللَّهُمَّ رَبَّ جِبْرِيلَ وَمِيكَائِيلَ وَإِسْرَافِيلَ فَاطِرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ عَالِمَ الْغَيْبِ وَالشَّهَادَةِ أَنْتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِيمَا كَانُوا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ اهْدِنِي لِمَا اخْتُلِفَ فِيهِ مِنَ الْحَقِّ بِإِذْنِكَ إِنَّكَ تَهْدِي مَنْ تَشَاءُ إِلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Salama (rahimahulloh) aytdi: Men Oisha (roziyallohu anho)dan: «Paygʻambar ﷺ kechasi (namozga) turganlarida namozlarini nima bilan ochar edilar?» deb soʻradim. U: «U zot kechasi turganlarida namozlarini ochib: ‹Allohumma robba Jibrila va Mikoila va Isrofil, fotiras-samavati val-ard, olimal-gʻoybi vash-shahada, anta tahkumu bayna ibodika fima kanu fihi yaxtalifun, ihdini limax-tulifa fihi minal-haqqi biiznika, innaka tahdi man tasha ila sirotin mustaqim (Ey Jibril, Mikoil va Isrofilning Robbi boʻlgan Allohim, ey osmonlaru yerni Yaratuvchi, ey gʻoyib va oshkorni Bilguvchi, Sen bandalaring orasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilursan; ixtilof qilingan haq haqida Oʻz izning bilan meni hidoyatla, albatta Sen istagan kishingni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilursan)› der edilar», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan, gʻaribdir.