وَعَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ تَعَارَّ مِنَ اللَّيْلِ فَقَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَالْحَمْدُ لِلَّهِ وَلَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَاللَّهُ أَكْبَرُ وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ ثُمَّ قَالَ: رَبِّ اغْفِرْ لِي أَوْ قَالَ: ثمَّ دَعَا استيجيب لَهُ فَإِنْ تَوَضَّأَ وَصَلَّى قُبِلَتْ صَلَاتُهُ " رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ubada ibn as-Somit (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Kim kechasi uygʻonib qolib: ‹La ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu, lahul-mulku va lahul-hamdu, va huva ala kulli shayʼin qodir, va subhanalloh, val-hamdu lillah, va la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah (Yolgʻiz Allohdan boshqa iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Uniki, hamd Unga xosdir, U har narsaga qodirdir; Alloh poktur, hamd Allohga xosdir, Allohdan boshqa iloh yoʻq, Alloh ulugʻdir, qudrat va quvvat faqat Alloh bilandir)› desa, soʻng: ‹Rabbi-gʻfir li (Ey Robbim, meni kechir)› desa, yoki duo qilsa, unga ijobat etiladi. Agar azm qilib, tahorat olib, soʻng namoz oʻqisa, namozi qabul qilinadi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan, sahih, gʻaribdir.