وَعَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَبِيتُ عَلَى ذِكْرٍ طَاهِرًا فَيَتَعَارَّ مِنَ اللَّيْل فَيسْأَل اللَّهُ خَيْرًا إِلَّا أَعْطَاهُ اللَّهُ إِيَّاهُ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan, Nabiy ﷺdan rivoyat qilinadi. U zot: «Qaysi bir musulmon (Allohni) zikr qilgan holda, pok holatda tunasayu, soʻng kechasi uygʻonib, Allohdan dunyo va oxiratning yaxshiligini soʻrasa, Alloh albatta uni unga ato etadi», dedilar. Sobit al-Bunoniy aytadi: Abu Zabya bizning oldimizga keldi va bizga bu hadisni Muoz ibn Jabaldan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilib berdi. Sobit aytadi: Falon kishi: «Men uygʻonganimda buni aytishga juda harakat qildim, ammo unga qodir boʻlolmadim», dedi.